avatar
Yulduz Usmonova
@YULDUZ_USMONOVA
24.11.2025 23:15
Primadonna Yulduz Usmonovaning Nilufar Usmonovaning konsertidagi kutilmagan sahnadagi ko‘rinishi — odatiy tashrif emas, balki taqdirning o‘zi yozgan sahna edi.
4200 tomoshabin bilan to‘lgan “Xalqlar do‘stligi” saroyi bir zumda sukutga cho‘mib, yuraklar bir tovushda urayotgandek bo‘ldi. Bu na shunchaki ona-bola uchrashuvi, na oddiy sahna epizodi edi — bu minglab ko‘zlar oldida ro‘y bergan ruhiy tutashuv edi.

Go‘yo ikki yulduz bir ochunda (orbitada )uchrashdi,
ikki qalb bir zarbda urdi,
ikki avlod bir nurda yonib ketdi.

Yulduz Usmonovaning sahnadagi qadamida ham duolar, ham mas’uliyat, ham san’atga bo‘lgan abadiy sadoqat bor edi. U odatdagidek qizini yana xalq xizmatiga, ijodning cheksiz mas’uliyatiga boshladi. Tomoshabinlarning to‘lqin bo‘lib urilgan qarsaklari esa bu lahzaning tirik guvohiga aylandi.

Qo‘shiq yangraganda sahna nurga to‘lgandek bo‘ldi. Nilufarning onasi tizzasiga suyanib bosh qo‘ygani — shunchaki mehr emas, ona qo‘lidan olamga o‘tgan baraka, mehrning ildizi, duo bilan siylangan bolalikning qaytish lahzasi edi.
Onaning qo‘llari esa Allohning bandalarga bergan eng nozik mo‘’jizasi — mehrning o‘zi bo‘lib qoldi.

Tomoshabinlar bir zumda anglab yetdi:
bu manzara — ona mehrining qudrati, san’atning ruhi, va muhabbatning ilohiy tilidir.
Bu tilni esa faqat yurak bilan eshitish mumkin.
818
👍 193
🔥 62
❤‍🔥 60
20
🤩 19
189 239.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yulduz Usmonova

77.4K
Yulduz Usmonovaning rasmiy
Telegram sahifasiga xush kelibsiz!

To’y va marosimlar uchun admin:

+998 97 140 4343 Erkin
Открыть в Telegram