“Ko‘zingizga ko‘rinib turgan har bir narsa oson tuyulmasin. Sahna ham, san’at ham, hayotning o‘zi ham — orqasida cheksiz mehnat va mashaqat yotadi. Bu mehnat sizga ko‘rinmaydi, ammo mavjud.”
Men sportdan tashqari boks bilan ham shug‘ullana boshlaganimda, juda ko‘p qizlar ushbu sportga qiziqib, zalga kela boshladi. Men ularni kuzatdim, xursand bo‘ldim… Lekin oradan ozgina vaqt o‘tib, ulardan hech birini ko‘rmadim.
Asal qizlarim, singillarim,
esda tuting:
Agar bir ishingizning mashaqatini ko‘tara olmasangiz, oxiriga yetmasangiz — u sport ham, u yo‘l ham sizga go‘zallik bermaydi. Chala tashlangan ish — keyinchalik hayotingizdagi boshqa jarayonlarni ham chala qoldiradi.
Hatto fikrlaringizni ham.
Men esa boksni yana o‘zimning kundalik hayotimga qaytardim. Chunki har bir narsa mashaqqat bilan chiroy topadi, bardavomlik bilan natija beradi.
“Sport kundalik hayotingizda eng yaqin do‘stingizga aylansin”, — degandi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram