Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini liberallashtirish va sud nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish, bu borada ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda bugungi kunda moliyaviy jarimalarni qoʻllash amaliyotida tadbirkorlar uchun qator muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi. Xususan, ayni paytda jarimalarning aksariyati vakolatli organlar, qolganlar esa sudlar tomonidan qoʻllanilayotgani sud nazoratini kuchaytirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram