Navoiyda noqonuniy oltin qazib oluvchilar aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda davlat zaxirasidagi yerlarda tarkibida oltin boʻlgan rudalarni qazib olib, kimyoviy qayta ishlov berish bilan shugʻullangan bir guruh shaxslarning harakatlari fosh etildi.
Aniqlanishicha, ularga Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro boshchilik qilgan boʻlib, u Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi parrandachilikka ixtisoslashgan xoʻjalik binosini ijaraga olib, yashirin sex tashkil etgan.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram