Tramp Erondan tankerlardan haq olmaslikni talab qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan neft tankerlaridan to‘lov undirmaslik haqida ogohlantirdi.
“Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan tankerlardan haq olayotgani haqida xabarlar kelmoqda — ular bunday qilmagani ma’qul, — deb yozdi u 9 aprel, payshanba kuni kechqurun o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. — Agar bu rostdan ham shunday bo‘lsa, buni darhol to‘xtatishi kerak!”.
Boshqa bir postida Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft o‘tkazish masalasida “juda yomon ishlayapti”, deb tanqid qildi: “Ayrimlar hatto buni insofsizlik deyishi ham mumkin. Bu biz kelishgan narsa emas!”
.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram