Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
Toshkent shahri avtobuslarida yo‘lkirani to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda, deya xabar berdi Transport nazorati inspeksiyasi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida inspektorlar tomonidan 32450 ta holatda qoidabuzarlik aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
“Hozirda to‘lov tizimi va inspektorlar faoliyati raqamlashtirilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari monitoring natijalaridan kelib chiqib, yo‘nalishlarda manzilli amalga oshirilmoqda. Jumladan, 8 ta yo‘nalishda (2026 yil boshidan 28 ta) yo‘l haqi nazorati kuchaytirilgan tartibda o‘tkazildi va natijada yo‘nalishlarda tranzaksiyalar soni nisbatan oshdi”, deyiladi xabarda.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram