Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavallud topganining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Ma’lumki, Movarounnahrni yagona davlat sifatida birlashtirgan Sohibqiron poytaxti Samarqand boʻlgan qudratli saltanat tuzdi. Oʻzining dunyoga mashhur “Temur tuzuklari” orqali davlatni boshqarishning huquqiy mezonlarini belgilab berdi. Ilm-fan va madaniyat rivojiga ham beqiyos hissa qoʻshib, Ikkinchi uygʻonish davri – temuriylar Renessansiga asos soldi.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram