Qoʻriqlash xodimlariga ayrim qoidabuzarliklar uchun jarima yozish huquqi berilmoqda
7-aprel kuni Senat yalpi majlisida «Qoʻriqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun koʻrib chiqilib, senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Qonunga koʻra, ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolati Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti xodimlariga beriladi. Jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, noqonuniy ov qilish va daraxt kesish kabi qoidabuzarliklar shular jumlasidandir.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram