Makkada 170 dan ortiq oʻzbekistonlik ziyoratchi vatanga qaytolmayapti, Bosh konsulxona vaziyatga aralashdi
Makkadagi mehmonxonalarda 170 dan ortiq oʻzbekistonlik ziyoratchi turfirmalar xatosi tufayli vatanga qaytolmayapti. Ular orasida surunkali kasalligi bor qarilar koʻpchilikni tashkil etadi. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, biroq fuqarolarga imkoni boʻlsa, oʻz hisobidan chipta olib qaytish tavsiya qilindi.
Oʻzbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari ularning muammolarini oʻrganish maqsadida Makka shahrida joylashgan Kanari va Al-Ayam Elite mehmonxonalariga bordi. Ziyoratchilarning aytishicha, ular 14 kunlik Umra safari doirasida turli guruhlar tarkibida Saudiya Arabistoniga kelgan. Biroq safarni tashkil etgan shaxslarning yolgʻon maʼlumotlari va xatolari oqibatida hozirga qadar qaytolmagan.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram