Tramp FTB direktorini ishdan olish haqida o‘ylamoqda
AQSh bosh prokurori va Adliya vazirligi rahbari Pem Bondining lavozimidan ozod etilishi prezident Donald Tramp ma’muriyatidagi so‘nggi iste’fo bo‘lmasligi mumkin, deb yozadi The Atlantic Amerika nashri.
Jurnalistlar Pentagon rahbari Pit Hegset tomonidan AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari shtabi boshlig‘i Rendi Jorjning lavozimdan ozod etilganini eslab o‘tadi. Bu voqea Pem Bondining ishdan bo‘shatilishi bilan deyarli bir vaqtda sodir bo‘lgan. Manbalarga tayanib yozishicha, hozir Oq uyda FTB rahbari Kesh Patel, AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlar vaziri Deniyel Driskoll va mehnat vaziri Lori Chaves-DeRimerning ehtimoliy iste’folari ham muhokama qilinmoqda.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram