Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va moliyaviy ahvoli ogʻir tadbirkorlik subyektlarini sogʻlomlashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizda xususiy biznesni rivojlantirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Islohotlar natijasida yurtimizda 300 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar va 5,5 million nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyat yuritmoqda. Xususiy biznesning iqtisodiyotdagi ulushi esa soʻnggi besh yilda 45 foizdan 58 foizga oshdi.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram