Lukashenko Belarus urushga tayyorlanayotganini aytdi
1 aprel, chorshanba kuni Belarus Qurolli kuchlarining kompleks tekshiruvi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan Aleksandr Lukashenko, Belarus urushga tayyorlanayotganini
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda “tinch davr degan narsa bo‘lishi mumkin emas”. Bu haqda Lukashenko matbuot xizmati saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.
Belarus rahbari mazkur tekshiruvni “har qachongidan ham keng ko‘lamli va qattiqqo‘l” deb atagan. Uning aytishicha, tekshiruv davomida harbiy bo‘linmalar ob-havo sharoiti va kunning qaysi vaqti ekanidan qat’i nazar, jang holatiga imkon qadar yaqin shart-sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan.
Telegram
| Instagram
| Facebook
| YouTube
| Website
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram