�� Ramazon oyi munosabati bilan AQSh Prezidenti tabrigi:
Bugun Ramazon oyi kirib kelishini nishonlayotgan barcha musulmonlarga o‘z salomim va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.
Har bir Ramazon oyi ma’naviy yangilanish, chuqur mushohada va Parvardigordning behisob ne’matlarini qadrlash fasli hisoblanadi. Ko‘plab amerikaliklar uchun bu muqaddas davr ibodat qilish va ro‘za tutish, oilaviy va jamoatchilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, mehr-shafqat, saxovat, rahmdillik va kamtarlik kabi umumiy qadriyatlarimizni tasdiqlash imkonini beradi.
Parvardigor in’om etgan erkin ibodat qilish huquqi millatimizning asosiy belgisi, farovonligimiz va qudratimizning poydevoridir. Shu bois, mening Ma’muriyatim har kuni barcha fuqarolarning o‘z e’tiqodini amalga oshirishi, vijdoniga amal qilishi va erkin ibodat qilishini ta’minlamoqda. Zero, din erkinligi degani o‘z diningizga faxr ila va ta’qib qilinishdan qo‘rqmay amal qilish erkinligi demakdir.
Ushbu marhamat va ezgulik mavsumida men xonadonlaringizga baxt-saodat va farovonlik, butun dunyoga hamjihatlik va tinchlik, kelgusi oylarda ham baraka tilab duolar qilaman.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram