avatar
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
@Training_institute_for_lawyers
19.05.2026 16:51
♻️ “Yashil sanoat siyosati va chiqindilar boshqaruvi — huquqiy asoslar va biznes imkoniyatlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ekologik xavfsizlik, “yashil” iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, vazirlik va idoralar vakillari, yetakchi olimlar, xalqaro ekspertlar hamda ekologiya va huquq sohasi mutaxassislari иштирок etdilar.

Konferensiya doirasida:
🔹 qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish;
🔹 ekologik va huquqiy tartibga solish;
🔹 davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari;
🔹 ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan javobgarligi;
🔹 radioaktiv chiqindilar xavfsizligi;
🔹 sirkulyar iqtisodiyot modeli;
🔹 xalqaro standartlar va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash, innovatsion “yashil” yechimlarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur konferensiya davlat organlari, ilmiy hamjamiyat, biznes vakillari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ekologik siyosatni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🖥 Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84

minjusttraining.uz Facebook*Instagram*
Telegram
1
7 721
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

3.5K
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy Telegram kanali.

Manzil: Toshkent sh. Mirobod tumani, Xamal koʻchasi 29.
☎️ 55 518 57 77
55 518 47 77
📥 minjusttraining@adliya.uz
Открыть в Telegram