Joriy yilning 19-may kuni
“KOSTA LEGAL” advokatlik firmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining huquqiy masalalarda ekspert maslahatchilari guruhi tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga amaliy huquqiy masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy muammolarni hal etishning samarali usullari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulot interaktiv savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borilib, ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
🖥
Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84
minjusttraining.uz Facebook*Instagram* Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram