avatar
“Toshkent metropoliteni” DUK
@Toshkent_metropoliteni_rasmiy
23.07.2026 09:37
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har hafta payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan "Yoshlar kuni" doirasida "Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash" mavzusida "Toshkent metropoliteni" DUK tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar uchun "Suvchilar maktabi" MChJ hududida o'quv ekskursiyasi tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilarga agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh fermerlar va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda yoshlarning agrosektordagi istiqbollari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir yoshlarning agrar sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur tajriba orttirishiga xizmat qildi.

emoji Telegram emoji Instagram*
emoji Facebook* YouTube
🌐 Website
6
🔥 4
2
👍 2
🤩 1
13 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram