avatar
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
@ToshkentFVBB
18.05.2026 22:26
Rasmiy munosabat

Bugun 18-may kuni tungi vaqtda Poytaxtimizda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatilmoqda. Natijada ayrim joylarda daraxtlarning sinishi holatlari qayd etildi.

Shuni ma’lum qilamizki ushbu holatlar natijasida hozirgi vaqtda jarohat olgan fuqarolar to’g’risida xabar kelib tushmadi.

Ayni vaqtda Toshkent shahar FVBB hamda tegishli xizmatlar tomonidan hududlarda vaziyat nazoratga olingan bo‘lib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida ehtiyotkor bo‘lish, daraxtlar, yengil konstruksiyalar hamda reklama vositalari yaqinida to‘planmaslik so‘raladi.

☎️️ Shu bilan bog‘liq biror bir korhol yuz bersa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 112, 1055, (55) 515-10-50.
3 633

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali

3.2K
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Murojaat uchun: t.me/ToshkentFVBB?direct:
Открыть в Telegram