Yog‘ingarchilik va kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari
Hurmatli fuqarolar
Bugun tunda Toshkent shahri hududida yog'ingarchilik va kuchli shamol bo'lishi kutilayotganligi sababli quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilamiz:
🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
🔹ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
🔹buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
Shu o‘rinda Toshkent shahar FVBB avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni va xonodonlarda barcha gaz qurilmalarini doimiy nazorat qilib turishlarini tavsiya etadi.
☎️️ Shu bilan bog‘liq biror bir korhol yuz bersa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:
112, 1055, (55) 515-10-50.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram