�� O‘zbekistonda mobil o‘yinlar bilan nima bo‘lyapti?
Mashhur o‘yinlar bo‘yicha blogerlar yangi kontent kamligini, prosmotrlar kamayib borayotganini va o'yin ishlab chiquvchilar blogerlar jamiyatiga e’tibor bermay qo‘yayotganini aytishmoqda.
Bunday holatni ko‘p bor ko‘rganmiz, ammo hozir, yanada kattaroq voqea haqida gap ketmoqda. Mobile Legends: Bang Bang kontent yaratuvchilarga murojaat qilib, doimiy qo‘llab-quvvatlash va e’tibor va’da qildi.
Bu chaqiriq javobsiz qolmadi : PUBGM yulduzlari yangi o‘yinni sinab ko‘rish haqida jiddiy o‘ylay boshlashdi. Ular nafaqat MLBB murojaatini repost qilishdi, balki birgalikdagi
strimni ham e’lon qilishdi - strim davomida ularga qarshi o‘ynash va qimmatli sovrinlarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.
PUBGM’ning top o‘yinchilari Mobile Legends’ga moslasha oladimi? Buni
25-dekabr kuni soat 19:00 (UZT) da YouTube jonli efirida bilib olamiz -
ULTRA
, Elite
, IXA GAMING
, AVAGADRO va
FEZOT kanallarida!
Обсуждение 57
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram