#Xavfsiz_va_sog‘lom_yurt
Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan Guliston shahrida joylashgan
“Istiqlol kommunal xizmat ta’mir” MChJga qarashli
moped hamda skuter haydovchilari ishtirokida profilaktik targ'ibot tadbiri o‘tkazildi 🛵
➡️ Tadbir davomida, haydovchilarga moped va skuterlarni boshqarish uchun qonunchilikda belgilangan talablar,
tegishli hujjatlarga ega bo‘lish va davlat ro'yxatidan o'tkazish kabi talablar, transport vositasidan foydalanish jarayonida xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumot berildi
🔹
Mazkur profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish orqali moped va skuter haydovchilari o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini yanada oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yo‘llarda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda ‼️
👉 @SirdaryoYPX
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram