#Xavfsiz_va_sog‘lom_yurt
#Profilaktika
Respublikamiz hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik oyligi doirasida Sirdaryo viloyati hududidagi barcha tuman va shaharlarda joylashgan
pitak hamda avtoturargohlarda haydovchilar ishtirokida keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari izchil tashkil etilmoqda ‼️
➡️ Targ‘ibot uchrashuvlari davomida haydovchilarga transport vositasini boshqarishda belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish,
xavfsizlik kamaridan muntazam foydalanish, mast yoki charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslik, mobil telefondan foydalanmaslik, piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish hamda yo‘l harakati qoidalarining boshqa muhim talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda
🔹 Barcha haydovchilardan harakat davomida yo'l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so'raymiz ☑️
👉
@SirdaryoYPX
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram