avatar
Sirdaryo.uz
Переслано от Sirdaryo sporti | Rasmiy kanal
20.04.2026 17:05
Sirdaryolik chempion Yosinbek Odilov o‘z sport muassasida tantanali kutib olindi

Sirdaryo viloyati sporti tarixida yorqin sahifa ochgan yosh iqtidor egasi — Yosinbek Odilov o‘zining ulkan yutug‘i ortidan ona dargohida tantanali ravishda kutib olindi. U yoshlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha Jahon chempioniga aylanish orqali nafaqat Guliston shahri, balki butun viloyat sport jamoatchiligi uchun katta faxr va g‘urur manbaiga aylandi.

Chempion tahsil olgan Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir davomida sportchilar, murabbiylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari chempionni va uning murabbiyini qarsaklar va samimiy tilaklar bilan qarshi oldilar.

Mazkur marosimda Anvar Buranov, Bahodirxo‘ja Eshonov hamda Iftixor O‘roqov ishtirok etib, yosh chempionning yutug‘i yuksak e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar Yosinbekning g‘alabasi ortida katta mehnat, qat’iyat va kuchli iroda mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.

emoji Tadbir davomida chempion tantanali ravishda taqdirlanib, unga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ayniqsa, uning muvaffaqiyati yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabi ekani, sport orqali yuksak marralarga erishish mumkinligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Bugun Yosinbek Odilovning g‘alabasi nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki butun Sirdaryo viloyati sportining katta muvaffaqiyati sifatida e’tirof etilmoqda. Uning kelgusi faoliyati ham yanada ulkan zafarlar bilan boyishi shubhasiz.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
Telegram Facebook* Instagram* Youtube Telegram Web-sayt
4 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Sirdaryo.uz

10.1K
Sirdaryo viloyati hokimligi telegram kanali

https://gov.uz/oz/sirdaryo
•fb.com/sirdaryohokimligi
•instagram*.com/sirdaryohokimligi

Murojaat uchun: @eot0105
Telefon: (67) 236-81-18
Pochta: info@sirdaryo.uz

Guliston shahar, I.Karimov-60
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram