Sirdaryoda “Moliyaviy savodxonlik” olimpiadasining viloyat bosqichiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori hamda tegishli topshiriqlar asosida Sirdaryo viloyatida “Moliyaviy savodxonlik” olimpiadasining II (viloyat) bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqilgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori asosida ushbu olimpiada o‘quvchilar o‘rtasida moliyaviy huquqbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bugun tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan 36 nafar 8–9–10-sinf o‘quvchilari viloyat bosqichida ishtirok etish uchun jam bo‘ldilar.
Ochilish marosimidan so‘ng olimpiada jarayonlariga start berilib, ishtirokchilar bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
O‘quvchilarga 30 ta test savoliga javob berish uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar keyingi bosqichlarga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradilar.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram