Fevral oyida Prezidentimiz
kreativ iqtisodiyot uchun soliq va boshqa bir qator imtiyozlarni nazarda tutuvchi alohida qarorni imzoladi.
Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishda
arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish topshirildi. Bunday kreativ parklarni
hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, Toshkentda yangi o‘quv yilidan
urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda o
‘rta bo‘g‘in kadrlari uchun texnikum ham bo‘ladi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram