avatar
Sirdaryo.uz
14.04.2026 15:41
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevdan maktub keldi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon sivilizatsiyasi durdonasi bo‘lgan qadimiy Buxoro shahriga amaliy tashrifim chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Sizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston bu bebaho boylikni asrab-avaylab, boyitib, buyuk o‘tmishni zamonaviy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirib kelayotgani meni hayratga soldi. Buxoroning bugungi go‘zal qiyofasi Sizning Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan oqilona va bunyodkorona siyosatingiz yuksak samaradorligining yaqqol ifodasidir.

Puxta o‘ylangan tadbirlarga boy tashrifning o‘zi, shubhasiz, foydali bo‘ldi. Nazarimda, Buxorodagi bir kunlik muzokaralar uzoq muddatli siyosiy samarasi jihatidan rasmiy tashrifdan aslo qolishmaydi.

Uchrashuvimiz Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yangi ufqlarni ochdi, davlatlararo strategik hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi.

Ostonaga qaytgach, erishilgan va tasdiqlangan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatingizning turli sohalardagi foydali tajribasini hisobga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdim. “Toza havo” qo‘shma tashabbusiga alohida ahamiyat beraman.

Ishonchim komilki, biz qo‘ygan vazifalarning sifatli bajarilishi Qozog‘iston – O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini yangi cho‘qqilarga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qozog‘iston uchun katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv materiallarini taqdim etganingiz uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu harakat Sizning bag‘rikengligingiz va qozoq xalqiga bo‘lgan iliq munosabatingiz, qardosh mamlakatlarimiz tarixini munosib e’tirof etishingizdan dalolat beradi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich! Sizga va oilangizga chin qalbimdan sihat-salomatlik va baxt-saodat, Qozog‘istonning abadiy do‘sti, ittifoqchisi va strategik sherigi bo‘lgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,

Qasim-Jomart Toqayev,
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti


Facebook*|
Instagram*|X
2 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Sirdaryo.uz

10.1K
Sirdaryo viloyati hokimligi telegram kanali

https://gov.uz/oz/sirdaryo
•fb.com/sirdaryohokimligi
•instagram*.com/sirdaryohokimligi

Murojaat uchun: @eot0105
Telefon: (67) 236-81-18
Pochta: info@sirdaryo.uz

Guliston shahar, I.Karimov-60
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram