#inson_uchun
#marafon
Gulistonda «Inson uchun» inklyuziv yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Guliston shahrida «Inson uchun» shiori ostida inklyuziv yugurish marafoni yuqori ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir jamiyatda tenglik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy hayotga keng jalb etishga xizmat qildi.
Marafon Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ko‘ngillilar ishtirokida inklyuziv yugurish, shuningdek barcha xohlovchilar uchun ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etildi. Unda professional sportchilar, yoshlar, nuroniylar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari faol qatnashdi.
Jami 300 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar marafonga jalb qilindi. Ular orasida ko‘zi ojizlar, eshitishida nuqsoni bor shaxslar, tayanch-harakat tizimida muammosi bo‘lganlar hamda nogironlik aravachasida harakatlanuvchi ishtirokchilar borligi tadbirning haqiqiy inklyuziv ruhda o‘tganini namoyon etdi.
Marafon yakunida taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Turli masofalar va toifalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. Jami 7 ta toifada ayollar va erkaklar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazilib, 21 nafar sovrindor medallar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbir nafaqat sport musobaqasi, «Inson uchun» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy harakat sifatida jamiyatda mehr-oqibat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.
@IHMA_Sirdaryoviloyati
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram