avatar
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
@ShDPIuz
15.07.2026 14:37
#ijodiy_imtihon
#birinchi_kun



Shahrisabz davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tdi

Bugun, 15-iyul kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada tashkil etildi.

Imtihonlar Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazildi.

Bizni kuzating:
Telegram |Facebook* |Instagram*
| shdpi.uz | You tube
👍 3
🏆 2
🎉 1
2 458
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Переслано от Edu.uz
15.07.2026 13:29
TUZATISH❗️

Adliya vazirligidan ro‘yxatidan o‘tkazilgan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatga muvofiq xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili fanlaridan B1 darajadagi sertifikatlarga ega talabgorlarga bakalavriatning fanlar majmuasidagi fanlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti:

B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi;

B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
2 608
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Переслано от Edu.uz
15.07.2026 11:49
#soʻragan_edingiz

❓ O‘qishni ko‘chirishda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uchun tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi?


Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda quyidagi sertifikatlarga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi:

▪️Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar;
▪️
Chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar.;

✳️ Xalqaro sertifikatlar:

▪️ “A Level” (kimyo, matematika, biologiya, fizika fanlari)“B” va undan yuqori daraja;

✔️ Chet tili sertifikatlari (B2 va undan yuqori daraja):

ingliz tili — ELTS (5.5+), TOEFL iBT (72+), Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP;
nemis tili — TestDAF, DSD, Goethe-Zertifikat;
fransuz tili — DELF/DALF, Test de Connaissance du Français (TCF);
ispan tili — DELE, SIELE;
turk tili — TYS;
koreys tili — TOPIK II;
arab tili — AT Tanal Al Arabi;
xitoy tili — HSK.

‼️Muhim: Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa ariza topshirish jarayonida elektron shaklda yuklanadi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
🔥 1
1 1 813
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
@ShDPIuz
15.07.2026 05:23
👍 4
3
👏 3
1 1.1K

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

7.6K
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali
https://t.me/ShDPIuz
Sayt http://shdpi.uz/uz
Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/V8crZuSmr3DZ2wWn8
Открыть в Telegram