#Xalqaro_hamkorlik
Xitoyning China Agricultural University universiteti dotsenti Ping Liu Samarqand davlat pedagogika institutida bo‘ldi.
Muloqot chog‘ida biologiya, kimyo-biologiya hamda sport nutritsiologiyasi yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy jurnallarda hamkorlikda nashrlar tayyorlash, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni izchil rivojlantirish hamda uzoq muddatli akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram* | Facebook* |
You tube |
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram