avatar
Nostrifikatsiya BBA
@NostrifikatsiyaBBA
15.06.2026 06:07
DIQQAT, E’LON!
 
2026-yilning 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi sanasi o‘zgardi
 
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari hajmining keskin oshganligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilganligi sababli, shuningdek, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovida ishtirok etish to‘g‘risidagi murojaatlar soni ortib borayotgani va ushbu murojaat qilayotgan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish maqsadida iyun oyi grafigiga o‘zgartirish kiritildi.
 
O‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2026-yil 18-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari 2026-yil 23-iyun sanasiga ko‘chirildi.
 
Talabgorlar mazkur test sinovida ishtirok etish uchun 2026-yil 19-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha qayta ariza topshirishlari mumkin. Test sinovlari o‘tkaziladigan sana, hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.
👍 48
21
🤷‍♂ 10
🔥 6
🐳 2
🏆 2
255 16.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Nostrifikatsiya BBA

8.5K
Bilimni baholash agentligining Oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi
Открыть в Telegram