avatar
Narpay.uz | Rasmiy kanal
@Narpay_tuman_hokimligi
10.08.2026 08:08
📚 “BIZ — KITOBXON OILAMIZ!”: MUTOLAA VA MA’RIFAT UYG‘UNLIGI

Ayni paytda Narpay tumanidagi Tinchlik mahallasida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabida “Biz — kitobxon oilamiz!” respublika tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda mahallalardan tashrif buyurgan kitobsevar oilalar ishtirok etib, o‘zlarining badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, bilim va mutolaa salohiyatini namoyon etdi.

📖 Tanlov ishtirokchilari Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Navoiy”, Asqad Muxtorning “Chinor”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi”, Isajon Sultonning “Genetik”, Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” hamda Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” asarlari yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlov jarayonida nafaqat ishtirokchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi, balki oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzandlarni mutolaaga oshno etish va ma’naviy qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazish borasidagi tajribalari ham namoyon bo‘ldi.

Soʻnggi natijalarga koʻra Bolgʻali mahallasidan kelgan Parmonovlar oilasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan Yangiariq hamda Ipak yoʻli mahallalari ishtirokchilariga ham tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Kitob o‘qilgan xonadonda fikr, tafakkur va ma’rifat yuksaladi.

“Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovi esa ana shu ezgu an’anani oilalar hayotiga yanada chuqur singdirish, kitobsevar oilalarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.


🌿 Kitobxon oila — ma’rifatli avlod, ma’rifatli jamiyat poydevori!
👍 5
4
1
38 4.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram