avatar
Namanganliklar.Uz | Расмий
Переслано от канала
02.04.2026 15:06
Milliylik targʻibotining misli koʻrilmagan koʻrinishi: NamDTU talabalarining milliy paradi

Namangan davlat texnika universiteti tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida “Milliy parad” tashkil etildi.

Yangi Namangan tuman hokimi Adhamjon Qoraboyev, universitet rektori Oybek Ergashev boshchilik qilgan paradda hokim oʻrinbosarlari, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar va 1000 nafardan ortiq talaba-yoshlar milliy liboslarda, davlatimiz bayrogʻini baland koʻtargan holda ishtirok etdi.

Parad ishtirokchilari shahrimizning markaziy koʻchalari boʻylab milliylikni ulugʻlovchi shiorlarni aytib saf tortib yurdilar.

Mazkur paradning yakuniy manzili “Afsonalar vodiysi” bogʻi boʻlib, bu yerda tadbir ishtirokchilari uchun katta konsert dasturi tashkil etilib, san’atkorlar tomonidan barchaga bayram kayfiyati ulashildi.

NamDTU media markazi
34 72K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Namanganliklar.Uz | Расмий

418.7K
🇺🇿🇹🇷 "Namanganliklar.Uz"нинг маҳаллий ва хорижий хабарларни тезкор бериб бориладиган Телеграм-канали.

👉 Twitter.com/Namanganliklar

👉instagram*.com/Namanganliklar.uz

👉youtube.com/Namanganliklaruz

🛑РЕКЛАМА БЎЛИМИ @NamGroup

👉Мурожаат юбориш @NamGroupBot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram