avatar
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files
@MediaTsul
07.08.2026 04:14
TDYU rektori xalqaro huquqning nufuzli ilmiy markazi — BIICL a’zoligiga qabul qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev xalqaro va qiyosiy huquq sohasidagi nufuzli ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridan biri — Britaniya xalqaro va qiyosiy huquq instituti (British Institute of International and Comparative Law — BIICL) a’zoligiga qabul qilindi.

Professor Baxshillo Xodjayevning BIICL a’zoligiga qabul qilinishi TDYUning xalqaro ilmiy-huquqiy hamjamiyat bilan aloqalarini yanada kengaytirish, yetakchi xorijiy olim va ekspertlar bilan qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish hamda xalqaro va qiyosiy huquq sohasidagi ilg‘or tajribalarni universitetning ta’lim va ilmiy faoliyatiga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Mazkur e’tirof universitetning xalqaro akademik maydondagi ishtirokini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston yuridik ta’limi va ilm-fanining global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Professor Baxshillo Xodjayevni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, xalqaro ilmiy va professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun: Britaniya xalqaro va qiyosiy huquq instituti (British Institute of International and Comparative Law — BIICL) 1958-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro va qiyosiy huquqni rivojlantirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda zamonaviy global huquqiy muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan mustaqil tadqiqotlar olib boradi.

Institut xalqaro huquq va qiyosiy huquq markazlari, Bingem qonun ustuvorligi markazi (Bingham Centre for the Rule of Law), raqobat huquqi, investitsiya shartnomalari, biznes va inson huquqlari hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi.

BIICL tadqiqotlari hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, qonun chiqaruvchi organlar, siyosat ishlab chiquvchilar va biznes vakillari uchun muhim ekspertlik manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Institut xalqaro konferensiyalar, ekspertlik muhokamalari va ta’lim dasturlarini tashkil etish bilan bir qatorda Scopus Q1 toifasidagi nufuzli “International and Comparative Law Quarterly” ilmiy jurnalini ham nashr etadi.
3 1.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TSUL_box|Info, Photo, Video, Files

2.7K
Открыть в Telegram