Behuda ishlardan qutulish uchun nima qilish kerak?
1. Umr g‘animat va omonat ekanini yaxshi uqib olish kerak.
Behuda narsalarni tark qilish uchun hayotning haqiqatini bilib olishimiz kerak, uning javobgarligi va mas’uliyatini his qilishimiz kerak.
2. Allohning o‘zidan yordam so‘rash, tavba qilish kerak.
Befoyda ishlarga Alloh bizni mashg‘ul bo‘lishimizga izn beribdi — demak, biz qaysidir gunohlar, qaysidir ayblarimiz uchun shu holatga tushganmiz.
Allohdan uzoqlashganimiz uchun umrimiz behuda o‘tadigan bo‘lgan.
Qaytish — tavba va istig‘for bilan bo‘ladi.
3. Behuda narsalarni tark etish uchun foydali narsalar bilan vaqtni band qilish kerak.
Bo‘sh qoldikmi — tilimizni zikr, istig‘for, salovat bilan band qilishimiz kerak.
@hasanxondomlauz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram