avatar
Madina Nurman
@MadinaNurman
20.03.2026 07:30
Imom Al-Buxoriyga buvim va mahalladagi ayollar bilan 7 yoshimda borganman ilk marta. Jizzax shahridagi Hamid Olimjon mahallasidan katta yam-yashil avtobusga chiqib, yo’l bo’yi oppoq ro’mol o’ragan ayollarni tomosha qilganim haligacha yodimda. Majmuaga kelganimizda buvim “katta orzular qilgin, yaxshi niyatlar bilan kir bu yerga”, deb qayta-qayta aytganlar o’shanda.

Kecha umrimda ikkinchi marta, endi prezidentimizning fotografi sifatida shu yerga kirdim. Oradan shuncha yil o’tdi. Ulg’aydim, o’qidim, o’zgardim, ammo kecha bir lahzaga bo’lsa ham o’sha 7 yoshli qizaloqqa aylandim. O’sha avtobusdagi safarimiz ko’z oldimga keldi.

Ko’rkam, salobatli va nihoyatda go’zal dargoh muborak bo’lsin hammamizga
106
🔥 35
14
🥰 6
🏆 1
🤗 1
7 3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madina Nurman

5.5K
— Fotograf, siyosatdagi fotomuxbir
Reklama va murojaatlar bo'yicha:
Instagram*: https://www.instagram*.com/madina_nurman/
🇰🇬🇰🇿🇹🇯🇹🇷🇦🇿🇬🇪🇫🇷🇸🇬🇪🇬🇩🇪🇨🇳🇮🇹🇶🇦🇷🇺🇲🇾🇰🇼🇭🇺🇸🇮🇲🇳🇺🇸🇧🇪🇯🇵
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram