avatar
Madina Nurman
@MadinaNurman
01.03.2026 09:56
Man har bir aqli joyida odam kabi dunyoda tinchlik bo’lishi, begunoh odamlar, ayniqsa bolalar va go’daklar bevaqt o’lmasligini juda istayman.

Buvim Ramazon oyida saharlikda turib duo qilsalar, doim bir narsani “dunyoda tinchlik bo’lsin”ni ko’p takrorlardilar. Hozir Hindistonda davolanyaptilar ayam bilan birga. Ayamning aytishlaricha haliyam shu gapni aytadilar buvim. Kecha Flightradarga qarab yuragim g’ijimlandi, ichimdan “ishqilib buvim, ayam tomon tinch bo’lsin”, dedimu, dunyoda yana qancha farzand ota-onasi haqida shu gapni aytishga ulgurdi ekan, deb o’ylandim.

Doomscroll qilish kerakmas, negativ xabarlar charxpalagida o’tirib qolmanglar tarmoqda. O’qib g’amga botmanglar. Man o’zimni doim pozitiv ulashadigan odam sifatida talqin qilaman va yomon xabarlarni bu yerga yozmaslikka tirishaman. Lekin ba’zan yomon xabarlar chastotasi kuchayib ketsa yorilgim keladi ozroq. Sal yengil tortaman yozib.

Har bir tundan keyin albatta tong otadi. Har bir qorong’u yo’lak oxirida nur bor. Dunyoda tinchlik bo’lsin 🤍
125
🤗 9
😘 5
3
🤝 2
2 5.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madina Nurman

5.5K
— Fotograf, siyosatdagi fotomuxbir
Reklama va murojaatlar bo'yicha:
Instagram*: https://www.instagram*.com/madina_nurman/
🇰🇬🇰🇿🇹🇯🇹🇷🇦🇿🇬🇪🇫🇷🇸🇬🇪🇬🇩🇪🇨🇳🇮🇹🇶🇦🇷🇺🇲🇾🇰🇼🇭🇺🇸🇮🇲🇳🇺🇸🇧🇪🇯🇵
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram