avatar
Madina Nurman
@MadinaNurman
17.01.2026 17:22
Do’stlik haqida ballada

Bir odam bilan 10 yildan ortiq davomida do’st edik. Har bir yutuq va muvaffaqiyatlarim, qiyinchilik va quvonchli kunlarimda faqat shu odamga birinchi bo’lib aytar edim. Intellektual jihatdan yetuk, ko’p kitob o’qigan va xarizmasi bilan deyarli hammaga birdek yoqadigan odamning ishida pasayish bo’ldi, ijoddan chekindi, bu esa unga ta’sir qildi. Ketidan do’stligimizga ham. Odamlardan yopilib, aytarli dardini aytmas, ijod haqida endi fikrlashmas edik. Bora bora butkul uzoqlashdik. Sababi siz tomonga qadam bosmagan odam tomonga siz qadam bosib borishingiz xato. Ayniqsa u bunga kerak bo’lmasa.

Do’stlik katta tushuncha. U muhabbatdan ham, boshqa tushunchalardan ham ustun ba’zan. Haligacha qalbimda og’riq turadi, haligacha tushunarsiz yakunlangan do’stligimizga motam tutib turaman. Lekin ulg’ayib, vazminlashib borganing sari birovning tanloviga ta’sir o’tkazishga zarracha harakat qilishga ham erinasan.

Do’stlikdagi ajoyib munosabatlar bu — masofa va araz bilmas rishtalar, qora va oq kunlarda yonida bo’lish, har bir yutuqqa quvonish, qo’llash, manipulyatsiyasiz muloqot, egoni yengib chiqish va hokazo.

O’zi umuman kanalimda bema’ni postlar yozishni to’xtatmoqchiman. Ruhan ulg’ayish payti keldi, fikrimcha.
🫡 35
28
❤‍🔥 14
👍 9
😍 4
🔥 3
💯 2
12 4.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madina Nurman

5.5K
— Fotograf, siyosatdagi fotomuxbir
Reklama va murojaatlar bo'yicha:
Instagram*: https://www.instagram*.com/madina_nurman/
🇰🇬🇰🇿🇹🇯🇹🇷🇦🇿🇬🇪🇫🇷🇸🇬🇪🇬🇩🇪🇨🇳🇮🇹🇶🇦🇷🇺🇲🇾🇰🇼🇭🇺🇸🇮🇲🇳🇺🇸🇧🇪🇯🇵
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram