O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi jamiyat hayotidagi muhim masalalarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilish, jurnalistlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda xotin-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda Uyushma qoshidagi
Jurnalist ayollar kengashining “
Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda jurnalistlar, jamoat faollari va soha vakillari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi, ekologik muammolarni yoritishda jurnalistlar yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, tadbir davomida Uyushma qoshida ekologik yo‘nalishdagi klub tashkil etish tashabbusi ham
ilgari surildi.
Bizni kuzatib boring
TelegramYoutube
Instagram*
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram