J
Josh*Developer
@JoshDeveloper
21.04.2026 11:35
Josh*Developer Фото: Ana bo’lmasam Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁 Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅 #hazil @JoshDeveloper
Tepadagi postdagi mavzuga uylangan va farzandli odam sifatida fikrimni bildirsam.

Hozir ko'pchilik kuyovni ilmini, salohiyatini, dinini emas, birinchi oyligini so'raydi
Tepadagi hazil post bo'lsa ham, shunday holatlar ko'p bo'lgani uchun uylanmaganlarga bu masalada maslahatim bor


Hozirgi oyligingizga emas, sizni salohiyatingizga qiziqadigan qizlar ham bor. Siz "target"ni o'sha qizlarga yoqing.
Agar qizni qiziqishi daromad, qalin puli, dabdali to'y bo'lsa, hayotingiz uyga pul tashishdan ortmaydi.

Shu borada qizlar ham "filter"ni pul qilib qo'yib olishmasa yaxshi edi. O'zim to'yimni juda kichkina, 60-70 tacha erkak va 70-80 tacha ayol bilan o'tkazdim. Tepadagi akani mahrga beradigan pulini ustiga yana azgina qo'shsa butun to'yim o'tgan.

Sababi esa to'yni hech kimdan qarz olmasdan, faqat o'zim yig'ib, birovga og'irim tushmasdan qilishni xohladim. Xatto ayolim bilan kelishib mahr pulini ham to'ydan keyin pulim bo'lganda uzib yuborishga kelishganman. Alhamdulillah yaxshi yashayapmiz.

Eng boshidan bir-birini tushungan yoshlar umri davomida ham tushunadi, Xudo xohlasa.

#fikrim

@JoshDeveloper
90
30
🔥 17
👍 13
❤‍🔥 4
💯 4
43 19 3.5K

Обсуждение 43

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram