avatar
O‘zbekiston futzali
@Futsal_Uzbekistan
02.06.2026 06:01
O‘zbekiston Kubogi–2026 finaliga
kun qoldi!

Mamlakatimiz futzalining yana bir nufuzli musobaqasi — O‘zbekiston Kubogining 2026-yilgi mavsumi o‘zining hal qiluvchi pallasiga yetib keldi. Katta FINAL uchrashuvi boshlanishiga atigi bir kun qoldi!

Final bahsida amaldagi Kubok sohibi — Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi 2026-yilgi mavsum kashfiyoti, Oliy liganing kumush medali sovrindori — Toshkentning “SQB” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

📅 3-iyun, 2026-yil
🕕 Soat 18:00
📍 “Yunusobod” sport majmuasi, Toshkent shahri

Zamonaviy va hujumkor futzal namoyish etayotgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi FINAL bahsi muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etishi kutilmoqda. Keskin kurashlar, chiroyli kombinatsiyalar, betakror gollar va yuqori darajadagi mahorat namunalaridan bahramand bo’lishni istasangiz “Yunusobod” sport majmuasiga albatta tashrif buyuring!

🏆 Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Kubogi–2026 g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

🔥 2025/2026-yilgi futzal mavsumining eng qaynoq lahzalarida biz bilan birga bo‘ling!

🎟 Muhlislar uchun kirish mutlaqo bepul!

Barchangizni 3-iyun kuni “Yunusobod” sport majmuasida kutib qolamiz!

BMB  |  Orient Ceramic | 7 saber

👉 Telegram | YouTube  | Facebook*  | Instagram*
👍 8
👏 5
3
13 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O‘zbekiston futzali

10.6K
O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti — Bekzod Mamatqulov

Bosh kotib — Marufjon Abdullayev
Открыть в Telegram