🏆 O‘zbekiston kubogi tarixi va 2026-yilgi final oldidan muhim faktlar
🔹 Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi 1996/1997-yilgi mavsumdan e’tiboran o‘tkazib kelinmoqda.
🔹 Dastlabki mavsumda mamlakat kubogi musobaqasida Andijonning “Turon-Soliqchi” jamoasi muvaffaqiyat qozongan.
🔹 O‘zbekiston kubogining amaldagi g‘olibi esa Jizzaxning BMB klubi hisoblanadi.
🔹 O‘tgan mavsum “Oq yo‘lbarslar” hal qiluvchi final uchrashuvida “Oil Star” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
🔹 Hozirgacha O‘zbekiston kubogi musobaqasida 16 ta jamoa sovrinni boshi uzra baland ko‘targan. Eng ko‘p zafar quchgan jamoa Toshkentning “Ardus” mini futbol klubi sanaladi. Poytaxtliklar 6 marta O‘zbekiston kubogiga ega chiqishgan.
🔹 Toshkent viloyatining OKMK futzal jamoasi Aleksandr Petrov boshchiligida 3 marta mamlakat kubogi finalida muvaffaqiyat qozongan. Shuningdek, "BMB PFC" ham kubokni uch marta boshi uzra baland ko'targan.
🔹 Uchta jamoa — “Turon-Soliqchi”, “Lokomotiv”, “Maksam-Chirchiq” hisobida 2 tadan kubok bor.
🏅 O‘zbekiston kubogining barcha sohiblari:
🔹 “Ardus” — 6 marta
🔹 OKMK — 3 marta
🔹 BMB PFC— 3 marta
🔹 “Turon-Soliqchi” — 2 marta
🔹 “Lokomotiv” — 2 marta
🔹 “Maksam-Chirchiq” — 2 marta
🔹 “Ro‘zmat Madaminov”, “Koson”, “Soliqchi”, “Termo”, DJQA, “Stroitel-Zarafshon”, “Uchquduq”, “Jizzax Soliqchi”, “Bunyodkor”, “Jizzax Kenteks” — 1 martadan.
🔹
2026-yilgi mavsum O‘zbekiston kubogi bahslarida 19 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar qur’aga ko‘ra 4 ta guruhga taqsimlandi.
🔹 Bir davrali guruh bosqichi hamda chorak final uchrashuvlari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida o‘tkazildi.
🔹 Yarim final bosqichida jamoalar ikki uchrashuvdan iborat qarama-qarshiliklarda g‘olib nomini aniqlashdi va ushbu bosqichga Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasi mezbonlik qildi.
🔥
O‘zbekiston kubogi–2026. FINAL
📅 3-iyun 2026-yil
🕕 Soat 18:00
🏟 “Yunusobod” sport majmuasi
⚔️
BMB PFС 🆚 SQB
Bu safar kubokni kim qo‘lga kiritadi? Final bahsini o‘tkazib yubormang! 🔥⚽️
BMB |
Orient Ceramic |
7 saber
👉 Telegram |
YouTube |
Facebook* |
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram