Nima uchun har bir tadqiqotchida
ResearchGate profili bo‘lishi kerak ?
Bugungi kunda ilmiy maqola yozishning o‘zi yetarli emas. Uni xalqaro ilmiy hamjamiyatga tanitish, hamkorlar topish va ilmiy faoliyatingizni namoyish etish ham muhim. Bunda ResearchGate sizning eng yaqin yordamchingiz bo‘la oladi.
ResearchGate —
bu dunyo bo‘ylab millionlab olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar foydalanadigan xalqaro ilmiy ijtimoiy tarmoq. Ushbu platforma orqali siz o‘z ilmiy faoliyatingizni professional tarzda namoyish etishingiz va global ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlik qilishingiz mumkin.
ResearchGate sizga qanday imkoniyatlarni beradi?
Ilmiy maqolalaringizni joylashtirish va dunyo olimlariga taqdim etish. O‘z sohangizdagi yetakchi olimlar va tadqiqotchilarni kuzatish. Dunyoning turli mamlakatlaridagi olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ilmiy savollar berish va mutaxassislardan javob olish.
Maqolalaringizning o‘qilishlar soni, yuklab olinishi va tavsiyalarini kuzatish. O‘zingizning ilmiy rezyume (Academic Profile)ingizni shakllantirish. O‘xshash ilmiy yo‘nalishdagi yangi maqolalar va tadqiqotlardan tezkor xabardor bo‘lish.
Help Center | ResearchGate
Nima uchun ResearchGate muhim ?
ResearchGate'dan qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
1-qadam. ResearchGate rasmiy saytiga kiring:
https://www.researchgate.net
2-qadam. Join for free (
Bepul qo‘shilish) tugmasini bosing.
3-qadam. Ism-familiyangizni, elektron pochta manzilingizni va parolni kiriting.
4-qadam. Imkon qadar
universitet yoki tashkilotning rasmiy elektron pochta manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Bu profilingizni tezroq tasdiqlashga yordam beradi.
5-qadam. Elektron pochtangizga yuborilgan tasdiqlash xatini ochib, akkauntingizni faollashtiring.
6-qadam. Profilingizni to‘liq to‘ldiring:
Profil rasmi
Universitet yoki tashkilot nomi
Mutaxassislik va ilmiy qiziqishlar
ORCID ID (agar mavjud bo‘lsa)
Ilmiy maqolalar, konferensiyalar va loyihalar
Bizni kuzatib boring👇
Telegram |Websayt
Facebook* |YouTube|Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram