#Yangi_nashr
🏢 Zilzilaga bardoshli binolar uchun innovatsion yechim
Seysmik faol hududlarda ko‘p qavatli binolarning xavfsizligini qanday ta’minlash mumkin?
Olimlarimiz
A.S. Yuvmitov DSc va
B.O. Egamberdiyev PhD tomonidan yozilgan yangi monografiyada ushbu savolga innovatsion yechim taklif etildi.
Olimlar binolarning seysmik tebranishlarga chidamliligini oshirish uchun
kombinatsiyalashgan inersion-friksion dempferlar tizimini taklif etishmoqda:
Tom qismidagi konstruksiya: Binoning tom qismida yengil, terassa tipidagi po'lat profillardan maxsus konstruksiya barpo etiladi. Bu konstruksiyaning hisob ko‘rsatkichlari bino ko‘rsatkichlariga mos ravishda tanlanadi.
Inersion dempfer: Ushbu yengil konstruksiya orqali seysmik tebranishlar vaqtida binoning tebranish amplitudasi keskin kamaytiriladi va dissipativ (energiyani so'ndirish) ko'rsatkichlari yaxshilanadi.
Friksion elementlar: Terassa tipidagi konstruksiyaga o'rnatilgan friksion elementlar ishqalanish kuchi evaziga hosil bo'lgan seysmik ta'sirlar energiyasini yutadi hamda rezonans jarayonoga tushishning oldini oladi.
Joriy yilda
“Devorbop materiallari” nashriyotida chop etilgan ushbu yangi nashr loyihachi muhandislar, seysmik xavfsizlik mutaxassislari, quruvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Bizni kuzatib boring👇
Telegram |Websayt
Facebook* |YouTube|Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram