O'zbekiston tarixi davlat muzeyida yana "Ochiq eshiklar kuni"
Qariyb 2 yillik rekonstruksiya jarayonlaridan so'ng tashrifchilar uchun bag'rini ochgan O'zbekiston tarixi davlat muzeyi 24-26-iyul kunlari "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari doirasida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini bepul qabul qilgan edi va bu tashabbus yurtdoshlarimiz tomonidan ijobiy fikrlar bilan qabul qilindi.
3 kunlik "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlarida muzeyga bepul tashrif buyurishga ulgurmagan yurtdoshlarimiz diqqatiga!!!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmonida
davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb belgilangan.
Shu munosabat bilan 2026-yil 2-avgust yakshanba kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi “Ochiq eshiklar kuni” doirasida
Oʻzbekiston fuqarolari uchun muzeyga kirish bepul boʻladi.
history-museum.uz
Bizni kuzatib boring👇
Telegram |Websayt
Facebook* |YouTube|Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram