Anvar G'ofurov ishtirokidagi matbuot anjumani
Assalomu alaykum, bugun chempionlik uchun kurashayotgan, kuchli tarkib va aniq o‘yin uslubiga ega jamoaga qarshi maydonga tushdik. Uchrashuv qiyin bo‘lishini oldindan bilgan edik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘limda hisobni ochganimizdan so‘ng raqib o‘yin tempini oshirdi. Ayniqsa, zahiradan tushgan futbolchilari orqali bosimni kuchaytirishga harakat qilishdi va ma’lum darajada bunga erishishdi. Bu, albatta, ularning kuchli tarkibi va shakllangan o‘yin uslubiga ega ekanidan dalolat.
Ikkinchi bo‘limda raqib yetarlicha vaziyatlar yaratdi. Biz esa asosan qarshi hujumlar orqali imkoniyatlardan foydalanishga intildik, ammo ko‘plab hujumlarimiz yakuniga yetmadi. Afsuski, o‘yin so‘ngida qo‘shib berilgan daqiqalarda burchak zarbasidan gol o‘tkazib yubordik. Aslida, aynan gol urgan futbolchiga yaqinroq o‘ynash bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi — u zahiradan tushgan, kuchga to‘la va bo‘yi baland futbolchi edi. Biroq vaziyatda e’tibor yetarli bo‘lmadi.
Umuman olganda, har ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi va durang natija qayd etildi. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
telegram instagram* YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram