03.05.2026 11:18
🔐 Hurmatli, futbol muxlislari!

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Surxon"hamda "Paxtakor" jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

Afsuski, "Surxon" - "Qizilqum" uchrashuvida ba'zi muxlislarning o'zini tuta bilmasligi va o'yin davomida uchrashuv rasmiylariga nisbatan nomaqbul so'zlar ishlatganligi va turli buyumlarni stadionga uloqtirilganligi oqibatida "Surxon" klubi O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan moliyaviy jarimaga tortildi va "Paxtakor" bilan uchrashuvda stadionning CIP1, CIP2 va CIP3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga ta'qiq qo'yildi.

"Surxon" klubi rahbariyati siz aziz futbol muxlislaridan uy uchrashuvlari davomida tartibni saqlashga va madaniyatli bo'lishga chaqiradi. Bundan tashqari, har qanday muxlisning xatti-harakati kuzatuv kameralari orqali nazoratga olinishini va kerakli organlar tomonidan tegishli choraga sabab bo'lishini eslatib o'tamiz.
🤝 25
👍 3
🫡 2
18 2.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
S

SURKHON PFK

5.7K
Bu yerda faqat "Surxon" haqida
📍1968, Termiz City

#MakeSurkhonGreatAgain 💛💙
Открыть в Telegram