Tarixda shu kun: “Surxon” 2:1 “Paxtakor”
O‘tgan yili, 3-may kuni Superliga 8-turi doirasida jamoamiz Surxon arenada “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushib, muxlislarga unutilmas o‘yin taqdim etgan edi. Jangovor va keskin bahsda “Surxon” iroda, tartib va jamoaviy o‘yin evaziga 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan.
Bu g‘alaba — oddiy natija emas, balki jamoaning xarakteri, oxirigacha kurashish ruhi va muxlislar qo‘llab-quvvatlashining yorqin ifodasi edi.
Bugun ham ana shu ruh biz bilan. Ishonamizki, bugun ham jamoamiz maydonga yuqori kayfiyat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch bilan chiqib, o‘tgan yilgi muvaffaqiyatni yana takrorlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
telegram instagram* YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram