28.04.2026 23:01
Anvar G'ofurov ishtirokidagi matbuot anjumani

Oʻyin haqida fikrlaringiz:

Avvalo, “Sug‘diyona” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘z o‘yinimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, ayrim futbolchilar bahsga 100% tayyor emasdek tuyuldi va bu o‘yinda ham yaqqol sezildi. Shunga qaramay, mukammal darajaga chiqish uchun jamoa sifatida hali ko‘p ishlashimiz kerak.
Hozircha vaqt biroz tig‘iz, taqvim zich. Biroq bu ham ijobiy jihatga ega — o‘yinlar ko‘pligi sabab rotatsiya bo‘lyapti va deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berilmoqda. Ammo bu imkoniyatdan kim qanday foydalanayotgani — bu alohida masala.
Bugun aniq aytish mumkinki, futbolchilar o‘yinga to‘liq kirishib keta olishmadi. Lekin bu futbol — har doim ham bir xil natija bo‘lavermaydi, har doim ham g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar, bu tabiiy holat, ba’zida yuksalish bo‘ladi, ba’zida pasayish. G‘alaba va mag‘lubiyat doimo yonma-yon yuradi.
Shaxsan o‘zim ham mas’uliyatni his qilaman — balki ayrim xatolarga yo‘l qo‘ygandirman. Eng muhimi, biz bir jamoa bo‘lib ishlashda davom etishimiz kerak. Ishonamanki, vaqt o‘tishi bilan jamoamiz yanada yaxshilanadi va ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi.
👍 34
😱 6
🔥 4
👏 4
🤝 1
6 2.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
S

SURKHON PFK

5.7K
Bu yerda faqat "Surxon" haqida
📍1968, Termiz City

#MakeSurkhonGreatAgain 💛💙
Открыть в Telegram