avatar
Uzbekistan Football Association
@FAUzbekistan
08.04.2026 14:54
Hakamlar akademiyasi yangi mavsumga start berdi.

O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Hakamlar akademiyasining 2026-yilgi mavsumiga rasman start berildi.

Bugun Milliy futbol markazida O‘FA rahbariyati, tajribali instruktorlar hamda istiqbolli yosh hakamlar ishtirokida akademiyaning yangi mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga akademiyaning asosiy vazifalari, o‘quv dasturlari hamda yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov o‘z nutqida ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, akademiya orqali hakamlik tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, yosh mutaxassislarni yuqori darajaga olib chiqish asosiy maqsad ekanini qayd etdi.

Yangi mavsum doirasida akademiya nafaqat o‘quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy rivojlanish maydoni vazifasini ham bajaradi.

Ma’lumot uchun, akademiyadagi ta’lim jarayoni 8 ta moduldan iborat bo‘lib, saralab olingan 25 nafar hakam 8–11-aprel kunlari Milliy futbol markazida nazariy va amaliy o‘quv kursining 1-modulida ishtirok etadi.

Yosh hakamlar keyingi modullar davomida Respublika miqiyosidagi yoshlar o’rtasidagi o’yinlarda malaka oshirishadi.

Uzcard | Coca-Cola | Uzum Bank | @FAUzbekistan
12 8.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Uzbekistan Football Association

60.7K
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy kanali

• Instagram*.com/UzbekistanFA
• YouTube.com/UzbekistanFA
• Facebook*.com/UzbekistanFA
• X.com/UzbekistanFA

- www.ufa.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram