avatar
Uzbekistan Football Association
@FAUzbekistan
07.04.2026 15:04
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kun tartibiga muvofiq, turli yosh toifasidagi terma jamoalar bosh murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yakunlari hamda navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari ko‘rib chiqildi.

�� Yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi jamoalar murabbiylariga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilash, seleksiya tizimini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, murabbiylar shtabida esa doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar hamda yuqori malakali jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritishi zarurligi ta’kidlandi.

���� O‘zbekiston U-23, U-20 va U-17 terma jamoalarimiz bosh murabbiylari tomonidan o‘tkazilgan yig‘inlar ham alohida tahlil qilindi. Futbolchilarni jismoniy, texnik va taktik jihatdan puxta tayyorlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uzcard | Coca-Cola | Uzum Bank | Uzbekistan FA
2 8.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Uzbekistan Football Association

60.7K
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy kanali

• Instagram*.com/UzbekistanFA
• YouTube.com/UzbekistanFA
• Facebook*.com/UzbekistanFA
• X.com/UzbekistanFA

- www.ufa.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram