�� O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Korzinka” butun mamlakat bo‘ylab sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy tashabbuslarni targ‘ib etish maqsadida chakana savdo va futbol imkoniyatlarini birlashtirgan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Hamkorlikning dastlabki natijalari allaqachon amalda o‘z aksini topmoqda. Jumladan, “Bunyodkor” stadionida Milliy terma jamoamiz uchrashuvlari payti Korzinka Mahalla do‘konlari faoliyat yuritdi. Yaqin kunlarda esa bir qator supermarketlarda milliy terma jamoa ramzlari aks ettirilgan maxsus burchaklar tashkil etiladi.
Shuningdek, qo‘shma tashabbuslar doirasida jamoaning birdamligi va unga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida stadion mehmonlari uchun ustiga “Birga” so‘zi tushirilgan cheklangan miqdordagi nonlar tayyorlandi.
Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — futbolni har bir inson uchun yanada yaqin, qulay va qiziqarli qilishdir.
Korzinka
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram